ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Xitoyning “Cospower” kompaniyasi bilan litiy-ion batareyalarini ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

Litiy-ion batareyalari – zamonaviy texnologiyalar asrida strategik mahsulotlardan biri. Aynan ushbu mahsulotni yurtimizda ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun “O’zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

Uyushmaga a’zo “Nura Group” kompaniyasi va Xitoyning “Cospower” kompaniyasi hamkorligida yaqin kelajakda yurtimizda litiy-ion batareyalarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Kuni kecha Uyushmada bo’lib o’tgan uchrashuvda ushbu loyihaning realizatsiya jarayonlari qanday ketayotganligiga oid fikrlar tinglandi. Uchrashuvda uyushma boshqarma boshlig’i Zafarjon Kamolov, “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki direksiyasi direktori Jamshid Xidoyatov, “Nura Group” va “Cospower” kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

Ishlab chiqarish quvvati joylashadigan hudud sifatida “Ohangaron Tech Industrial” texnoparkini tanlash rejalashtirilayotgan bo’lib hozirda tahlil va o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha ijrochilari, loyihani amalga oshirish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlar berdilar.

Uyushma vakillari ushbu loyihani amalga oshirishda mahalliy va xorijiy korxonaga har tomonlama yordam berilishini ta’kidlab, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarga birgalikda yechim topilishini aytib o’tdilar.

Loyiha ulkan, maqsad – talabgir bo’lgan elektrotexnika mahsulotini mahalliylashtirish, yangi ish o’rinlari yaratish, umuman yurtimiz texnologik potensialini oshirishdan iborat. Uyushma bu kabi loyihalarni amalga oshirishda investor va mahally korxonalarni qo’llab-quvvatlashda davom etadi.