O’zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi rahbariyati uyushma nomidan ish yuritadi va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Uyushma rahbariyati
Yunusov Mirziyod Miraxmadovich
Ma’lumot to’ldirilmoqda…
Yunusov Mirziyod Miraxmadovich 1980-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Millati – o’zbek.
Ma’lumoti – oliy. Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda «O’zbekinvest» davlat eksport-import sug’urta kompaniyasi umumiy qaltisliklarni sug’urtalash departamenti mutaxassisi sifatida boshlagan. 2002-2012-yillarda «O’zstandart» agentligi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi «Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish» markazi sinov va sertifikatlashtirish bo’limi 1-toifali mutaxassisidan boshlab, korxona direktori o’rinbosari lavozimlarda ishlagan.
2012-2015-yillarda «White Machine Technology» MChJ qo’shma korxonasi direktori o’rinbosari, 2015-2018-yillarda «Smart Modern Systems» AJ xorijiy korxonasi direktori o’rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
2019-yil 5-iyuldan «O’zeltexsanoat» uyushmasi boshqaruv raisi sifatida ishlab kelmoqda.
Xashimov Mansur Rustamovich
Ma’lumot to’ldirilmoqda…
Xashimov Mansur Rustamovich 1982-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Millati – o’zbek.
Ma’lumoti – oliy. Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2002-yilda «Toshshaharnur» davlat unitar korxonasi Maxsus yorug’lik tarqatish boshqarmasi eshittirishlarga xizmat ko’rsatish 2-toifali texnigi sifatida boshlagan. 2008-2017-yillarda «O’zeltexsanoat» uyushmasi «Texnik rivojlantirishning istiqbolli strategiyasi va investitsiyalar» boshqarmasi mutaxassisi sifatida boshlab, uyushma «Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va xalqaro aloqalar» boshqarmasi boshlig’i lavozimlarida ishlagan.
2017-yilda «Foton» AJ ning yangi maishiy texnika va investitsiyalar bo’yicha direktori lavozimida ishlagan.
2019-yil 1-apreldan «O’zeltexsanoat» uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.
Djamalov Djahongir Djalilovich
Ma’lumot to’ldirilmoqda…
Djamalov Djahangir Djalilovich 1979-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Millati – o’zbek.
Ma’lumoti – oliy. Toshkent moliya instituti hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda V.P.Chkalov nomidagi «Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» Moliya bo’limining iqtisodchisi sifatida boshlagan. 2004-2009-yillarda V.P.Chkalov nomidagi «Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» Moliya bo’limi boshlig’i, Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2009-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi Tashqi boshqaruv rejimidagi korxonalar faoliyatini nazorat qilish boshqarmasining bosh mutaxassisi, qo’mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, qo’mitaning Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy-iqtisodiy ahvolini taxlil qilish bo’limi boshlig’i lavozimlarida ishlagan.
2015-2019-yillarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari» axborot-taxlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2019-yil 1-apreldan «O’zeltexsanoat» uyushmasi boshqaruv raisining o’rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.