«O‘zeltexsanoat» uyushmasi elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga va soha korxonalarining barqaror faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish vazifalarini bajaradi.
Uyushmaga a’zo bo‘lish uchun zarur hujjatlar:
Uyushmaga a’zo bo‘lish haqidagi murojaat va hujjatlar yozma yoki elektron tarzda berilishi mumkin. Murojaatga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- murojaat xati;
- korxonaning Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ta’sis hujjatlari nusxasi;
- so‘nggi hisobot davri bo‘yicha buxgalteriya balansi nusxasi;
- ishlayotgan korxonalar bo‘yicha ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot;
- korxona rahbarini tayinlash haqidagi qaror (buyruq), mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- korxonada mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha kamida bir yilga mo‘ljallangan Biznes-reja nusxasi;
- ta’sischining Uyushma tarkibiga kirish to‘g‘risidagi qarori, yozma roziligi (bayonnoma).