O‘zbekistonda chet el investitsiyalari kiritish shakllari:
- O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
- chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
- mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish;
- intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
- konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;
- savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali;
- shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya kiritish shakl va jarayonlarini o‘zgartirish
Xorijiy investitsiyalar birinchi martta yoki takroran amalga oshirilayotgan shakllarni o‘zgartirish ularning investitsiya sifatidagi malakasini o‘zgartirishga olib kelmaydi.