Diqqat e’lon!

“Yarim oʻtkazgichli elektronika va integral sxemalar innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish Klasteri” faoliyatini samarali yo’lga qo’yish va ushbu yo’nalishda amaliy ishlarni jadallashtirish maqsadida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi qoshida “Loyiha ofisi”ga LOYIHA OFISI MENEJERINI ishga qabul qilamiz.

Maʼlumoti:      Oliy, ilmiy daraja

Xizmat vazifalari:

  • loyihani umumiy boshqarish va loyiha guruhini muvofiqlashtirish;
  • loyihalash va ustuvorliklarni belgilash;
  • vazifani rejalashtirish, nazorat qilish, muloqot qilish va muammolarni tezda hal qilish;
  • tahliliy hisobotlarni tayyorlash.

Sanoatni rivojlantirish strategiyasi. Shu bilan birga, hozirgi tizim bilan solishtirganda uning oʼziga xosligini asoslash;
Eng kuchli reytingga ega xalqaro universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari orasidan hamkorlik qilish uchun hamkorlarni aniqlash (yoʼnalishlar va ixtisosliklar boʼyicha) va hamkorlik memorandumlarini imzolash (dasturlar va oʼqitish usullarini taqdim etish, brend va diplomdan foydalanish va boshqalarni hisobga olgan holda);
yakuniy Kontseptsiyani ishlab chiqish va loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini (yarimoʼtkazgichli elektronika va integral mikrosxemalarning innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish klasterini yaratish, universitet va ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish nuqtai nazaridan) tayyorlash va uni muvofiqlashtirish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Nomzodga qoʼyiladigan talablar:

  • Ma’lumoti: profilli oliy ta’lim;
  • Shu kabi lavozimda 5 yillik ish tajribasi;
  • Xalqaro loyihalarda ish tajribasi (ustunlik beradi);
  • O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;
  • investitsiya loyihasini ishlab chiqishning barcha bosqichlarini bilish;
  • Yaxshi tahliliy ko’nikmalar, yetakchilik, taqdimot qilish va ishontirish, muzokaralar olib borish qobiliyatlari, fikrlarni xushmuomalalik bilan va aniq ifodalash qobiliyati.

Shartlar:
fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida;

Talab etiladigan xujjatlar:

  Maʼlumotnoma (obyektivka);

  • Oliy maʼlumot diplomi (mahalliy, xorijiy);
  • Til bilish sertifikati (mavjud bo’lsa);

Qoʼshimcha bilim va koʼnikmalar:

  • Kompyuter savodxonligiga ega boʻlishi; 
  • Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash koʻnikmasi; 
  • Zarur kompyuter dasturlarini bilishi yuqori afzallik beradi.
  • Suhbatda loyiha va ish sharoitlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Tanlov 2023-yil, 31-mart soat 18:00 ga qadar davom etadi. Siz o’zingizga oid ma’lumotlarni va hujjatlaringizni shu muddatga qadar ko’rsatilgan elektron manzilga yuborishingiz zarur.

Murojaat uchun:

Telefon: (71) 207-44-66 (377) | (90) 964-01-97
Elektron pochta: info@uzeltexsanoat.uz