1. Ilmiy-texnik rivojlantirish, innovatsiya va standartlashtirish bo'limi boshlig'i

Nomzodga qo’yiladigan talablar:
► iqtisod, texnika, standartlashtirish sohasida oliy ma’lumot;
► kamida 3 yillik ish tajribasi;
► o’zbek, rus, ingliz tillarini bilish;
► komputerda ofis dasturlari va internet saytlari bilan faol ishlashni bilish;

Bo’lim boshlig’ining vazifalari:
► elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan innovatsion texnologiyalarni jorish etishda ko’maklashish;
► xalqaro standartlarni elektrotexnika sanoati korxonalarida joriy etishni tashkil etish;
► innovatsiya va ilmiy-texnik rivojlantirishga bag’ishlangan seminarlarda ishtirok etish.

Oylik maosh: shtat jadvali asosida.

2. Uyushma ta'sischilari va korxonalar bilan ishlash bo'limi yetakchi mutaxassisi

Nomzodga qo’yiladigan talablar:
► iqtisod, moliya, menedjment sohasida oliy ma’lumot;
► kamida 2 yillik ish tajribasi;
► komputerda ofis dasturlari va internet saytlari bilan faol ishlashni bilish;

Bo’lim yetakchi mutaxassisining vazifalari:
► elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni topib, uyushmaga jalb etish;
► uyushmaga a’zo korxonalar bo’yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va doimiy yangilab borish;
► uyushma korxonalariga biriktirilgan xodimlar bilan birgalikda choraklik, yillik hisobotlarni tayyorlash.

Oylik maosh: shtat jadvali asosida.

Uyushmada ish kunlari va vaqti:
  • 9:00 – 18:00 – ish vaqti;
  • 13:00 – 14:00 – tushlik vaqti;
  • Shanba, yakshanba – dam olish kunlari;
Kadrlar masalalari bo’yicha mutaxassis telefon raqami:
Rezyumelar yuborish uchun:
Uyushma manzili:
  • Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Qoraqamish ko’chasi 9
Transportlar harakati:
  • Avtobuslar – 24, 71, 149, 36A