"O'zeltexsanoat" uyushmasi to'g'risida ma'lumot

«O’zeltexsanoat» uyushmasi 1994-yil 21-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni bilan O’zbekiston radioelektronika, elektronika va asbobsozlik sanoati konserni asosida tashkil etilgan.

«O’zeltexsanoat» uyushmasi 2014-yil 6-fevraldagi «2014-2018 yillarda respublika elektrotexnika sanoatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2123 sonli Prezident qaroriga asosan «O’zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi sifatida qayta tashkil etildi.

2019-yil 4-yanvarda – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4090-son qaroriga muvofiq “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi negizida uning mol-mulki va davlatga tegishli boshqa vositalarni, shuningdek, debitor va kreditor qarzdorligini o‘tkazgan holda O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi (“O‘zeltexsanoat” uyushmasi) tashkil etildi.

«O‘zeltexsanoat» uyushmasining asosiy vazifalari:

► xom ashyoni qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash asosida sanoatni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

► ichki va tashqi bozorlarda elektrotexnika mahsulotlariga bo‘lgan talab kon’yunkturasini o‘rganish va shu asosda mahsulotning yangi turlarini o‘zlashtirishda ko‘maklashish, ichki bozorni yuqori sifatli milliy elektrotexnika mahsulotlari bilan to‘ldirish;

► elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologik ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, chet el investitsiyalarini keng jalb qilishga ko‘maklashish;

► elektrotexnika sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talablar va standartlar bilan uyg‘unlashtirish orqali uni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;

Biz sizga quyidagi yo‘nalishlarda yordam beramiz:

  • Iqtisodiy mahsuldorlik

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan taqdim etilgan imtiyozlardan samarali foydalanishga ko‘maklashamiz.

  • Hamkorlik o‘rnatish

    Xorijiy hamkorlarni aniqlab, muzokaralar o‘tkazishga sharoit yaratamiz hamda loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqishga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etamiz.

  • Muammolarni hal etish

    Elektrotexnika sohasi korxonalari faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni yechishda amaliy yordam beramiz.

Yurtimiz elektrotexnika sanoatining nufuzli korxonalari uyushmaga a'zo

Производители электробытовой продукции
производители электросилового оборудования