ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasining yurtimizdagi loyihalariga milliy kabel mahsulotlari yetkazib beriladi

Uyushma yangiliklari

Mamlakatimizda yashil energetikani rivojlantirishga davlatimiz rahbari alohida e’tibor qaratgan. Shu sababli ham respublikamizda so’nggi yillarda quyosh va shamol stansiyalarini qurish bo’yicha ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Masalan, “Acwa Power”, “Masdar” kabi ushbu sohadagi yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar juda katta qiymatga ega. Ushbu loyihalar doirasida Samarqand, Toshkent, Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol, quyosh elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlari quriladi.

Qurilish ishlari Hindistoning “L&T Construction” qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“O’zeltexsanoat” uyushmasi ushbu loyihalar uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib berish bo’yicha bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, quyosh, shamol elektr stansiyalarini kabel mahsulotlari bilan ta’minlash bo’yicha “L&T Construction” kompaniyasi va mahalliy kabel ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarini o’rnatish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Uyushma mutaxassislari, “L&T Construction” kompaniyasi rahbariyati vakillari bilan birgalikda ushbu maqsadda “Procab” korxonasiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad – korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishish, mahsulotlar sifati va turlarini ko’zdan kechirish bo’ldi.

Xorijiy kompaniya vakillari “Procab” korxonasida ishlab chiqarilayotgan kabel mahsulotlari va hamkorlik takliflarini alohida o’rganib chiqishlarini ta’kidladilar.

Uyushma vakillari va “L&T Construction” kompaniyasi mas’ullari yana bir qator mahalliy kabel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurishni rejalashtirmoqdalar.

O’rganish va muzokaralar natijalariga ko’ra, yurtimizda quriladigan quyosh, shamol elektr stansiyalari uchun kabel mahsulotlari mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib berilishi yo’lga qo’yiladi. Bu esa kooperatsiya aloqalari rivojlanishiga, import balansi saqlanishiga va albatta mahalliy korxonalar faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.