ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Xitoy kompaniyalari bilan yangi loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

Texnologik jihatdan taraqqiyotga erishgan Xitoy davlati bilan hamkorlik har tomonlama manfaatli hisoblanadi. Ayniqsa mamlakatimiz va ushbu davlat o’rtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo’nalishidagi hamkorlik kengayib bormoqda.

Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasiga Xitoyning bir qator yetakchi kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi. “Hubei Shengfeng Medical Devices”, “China Huadian Corporation”, “Ningbo Dongchuan”, “Sichuan Shengyakai Fasting Equipment”, “Beijing Ruihuaying Technology Development” korxonalari shular jumlasidan.

Uyushma mas’ullari xorijiy kompaniyalar vakillariga mamlakatimiz elektrotexnika sanoatining bugungi holatiga oid batafsil ma’lumotlarni berdilar. Ayniqsa, yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari va energiya saqlash qurilmalari ishlab chiqarish loyihalari muhokamalar markazida bo’ldi.

Xitoy kompaniyalari vakillari yurtimizda qulay investitsiyaviy muhit yaratilganligi, rivojlanib borayotgan elektrotexnika sanoati doirasida istiqbolli hamkorlik aloqalarini o’rnatish mumkinligini alohida ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida, tomonlar o’zaro taqdim qilingan hamkorlik takliflari bo’yicha o’rganish ishlarini olib borishga kelishib oldilar.

Shu bilan birga uchrashuv ishtirokchilari o’rganish natijalariga ko’ra, amaliy hamkorlik ishlarini boshlashga umid bildirdilar.