ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Innoprom ko’rgazmasi doirasida hamkorlik uchrashuvlari o’tkazildi

Uyushma yangiliklari

Poytaxtimiz joriy yilning 22-24-aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko’rgazmasiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu ko’rgazmada “O’zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Ko’rgazmaning ikkinchi kunida “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov bir qator xorijiy tashkilot va kompaniyalar vakillari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Jumladan:

Alyuminiy ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar uyushmasi (Алюминиевая Ассоциация России) – alyuminiy va uning asosidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni birlashtiradi. Uyushma Rossiya iqtisodiyotida ulkan loyihalarni amalga oshirishi bilan ajralib turadi.

RUSAL – jahon alyuminiy sanoatining yetakchi kompaniyasi, eng yirik alyuminiy ishlab chiqaruvchilardan biri. Korxonada ishlab chiqarilayotgan alyuminiyning 90 foizdan ortig‘ini ishlab chiqarish uchun elektr energiyasi qayta tiklanadigan manbalardan foydalaniladi.

“Servis Montazh Integratsiya” – 2003-yilda tashkil etilgan kompaniya metallurgiya, tog’-kon, avtomobilsozlik, neft-kimyo va energetika sanoatlari uchun elektrotexnika uskunalari ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Kompaniya Rossiya, MDH va Yevropa davlatlarida yirik loyihalar uchun mahsulot yetkazib bergan.

“ERSO (Energy Solutions)” – 2020-yilda tashkil etilgan kompaniya asosan turli xildagi transformatorlar ishlab chiqaradi. Kompaniya Rossiya bo’ylab yirik issiqlik, atom va gidroelektrstansiyalar uchun transformatorlar yetkazib bergan.

“Спецкабель” – korxona 1997-yilda tashkil etilgan bo’lib, maxsus turdagi kabellarni ishlab chiqaradi. Korxonada maxsus sinov laboratoriyasi ham mavjud va u yerda kabellarning yangi turlarini ishlab chiqarish bo’yicha tadqiqotlar olib boriladi.

“PitON Electric” – 2011-yilda tashkil etilgan kompaniya uzluksiz elektr ta’minoti tizimlari, elektr o’tkazgich tizimlari, sanoat yoritgichlari va konvertorlar ishlab chiqaradi. Kompaniya Rossiyada 11, MDHda 2 ta filialga ega.

Uyushma raisi yuqorida nomi keltirilgan kompaniyalar vakillari bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini o’rnatish, rivojlantirib borish bo’yicha muzokaralar olib bordi. Yurtimiz elektrotexnika sanoatiga oid eng so’nggi yangiliklar, sohadagi imkoniyatlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu korxonalar bilan istiqbolli hamkorlik takliflari asosida aloqalarni yo’lga qo’yish, birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish bo’yicha dasturlar ishlab chiqish bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.