ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Vengriyaning “Avicenna Holding” kompaniyasi prezidenti uyushmaga tashrif buyurdi

Uyushma yangiliklari

Bir necha oy avval “O’zeltexsanoat” uyushmasi ma’sul xodimlari va uyushmaga a’zo korxonalar “Hungarotherm-2023” xalqaro sanoati ko’rgazmasida ishtirok etib qaytgan edilar.

Ushbu ko’rgazma doirasida ma’sullarimiz va Vengriyaning “Avicenna Holding” kompaniyasi prezidenti Shahrokh MirzaHosseini o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tgan edi. Unda hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, uyushma rahbariyati bilan O’zbekistonda ham muzokaralar o’tkazish bo’yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Ushbu kelishuvga asosan, bugun Shahrokh MirzaHosseini “O’zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyurdi va uyushma raisining birinchi o’rinbosari Mansur Xashimov bilan muzokaralar olib bordi.

Muzokaraning bosh mavzusi uyushma korxonalari mahsulotlarini Vengriya orqali Yevropa bozorlariga eksport qilish hajmini kengaytirish va bunda o’zaro hamkorlikni o’rnatish masalalari bo’ldi.

Uchrashuvda Shahrokh MirzaHosseini uchun tayyorlangan maxsus dastur bo’yicha bir nechta mahalliy korxonalarimizda o’rganish ishlari olib borilishi belgilandi. Shu bilan birga, mamlakatimiz elektrotexnika sanoati bilan dastlabki tanishuvdan so’ng, muzokaralarni davom ettirishga kelishildi.

Albatta Vengriya Yevropa bozorlariga kirishda qulay darvoza bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bunda esa ushbu mamlakatning tadbirkorlari, korxonalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o’rnatish muhim ahamiyat kasb etadi.