ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Tatariston prezidenti “TEXNOPARK” MChJga tashrif buyurdi

Uyushma yangiliklari

2021-yil 16-iyun kuni, Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov “TEXNOPARK”ga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibiga Tataristonning 25 dan ortiq turli xil korxona vakillari, jumladan “KAMAZ”, “Tatneft”, “PO ElAZ”, “KMPO”, “Qozon vertolyot zavodi”, “Sollers Ford”, “KER-Holding” va boshqalar kiradi.Tashrifdan ko’zlangan maqsad, ishlab chiqarish korxonalari salohiyati, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari va maishiy texnika turlari bilan tanishish.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barcha turlari namoyish etilayotgan ko’rgazma zalida yuqori martabali mehmonga “TEXNOPARK” MChJdagi barcha 17 loyiha haqida batafsil ma’lumot berildi. Tatariston delegatsiyasi shuningdek, SAMSUNG brendi ostida ishlab chiqarilgan muzlatgichlar va kir yuvish mashinalarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, mehmonlarga eng zamonaviy yuqori aniqlikdagi sinov uskunalari bilan jihozlangan laboratoriya namoyish etildi.

Tatariston Respublikasi Prezidenti sanoat salohiyatini yuqori baholadi va TEXNOPARK MChJ ishlab chiqaruvchilari – korxonalariga muvaffaqiyat va rivoj tiladi.

Eslatib o’tamiz, Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanovning O’zbekiston Respublikasiga tashrifi 2021-yil 16-17 iyun kunlari davom etadi.Tashrif dasturida Tataristonning sanoat salohiyati ko’rgazmasi, biznes-forum, shuningdek, diaspora bilan uchrashuv mavjud.