ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasining qurilish jarayonlari davom etmoqda

Uyushma yangiliklari

Qashqadaryo viloyatining “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Solar Cluster” loyihasi doirasida mahalliy korxonalar tomonidan quyosh suv isitish uskunalari va quyosh fotoelektrik panellarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investitsiya loyihasining qurilish ishlari qizg’inlik bilan davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, mahalliy ishlab chiqaruvchi «Sun-Hightech» MCHJ tomonidan Qarshida quyosh panellari ishlab chiqarish lohihasining qurilish ishlari qizg’in pallaga kirib, bino poydevori uchun mustahkam ustunlarni o’rnatish yakunlanish arafasida.

Loyiha qiymati 10 mln dollar boʻlib, yillik quvvati 150 MVtni tashkil etadi. Buning natijasida 150 ta doimiy ish oʻrni yaratiladi.