ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Ozarbayjon bilan elektrotexnika sohasida salmoqli hamkorlik shartnomalari imzolandi

Uyushma yangiliklari

Davlatimiz rahbarining Ozarbayjon Respublikasiga 22-23-avgust kunlari tashkil etilgan davlat tashrifi doirasida bir qancha sohalar qatori elektrotexnika sanoati yo’nalishida ham hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Xususan, “Akfa” kompaniyasi isitish radiatorlarini ishlab chiqarish loyihasini ($ 10 mln dollar), “Artel” kompaniyasi esa isitish maishiy texnika jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini ($ 20 mln dollar) Ozarbayjon Respublikasida ishga tushirishi bo’yicha ahdlashuv memorandumlari imzolandi.

Memorandumlarni imzolash marosimida, “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov, Ozarbayjon Respublikasi eksport va investitsiyalarni rag’batlantirish agentligi ijrochi direktori Yusif Abdullayev, “Akfa” va “Artel” kompaniyalari mutasaddilari ishtirok etdilar.

Ozarbayjonda yurtimiz elektrotexnika korxonalari tomonidan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirilishi nafaqat ushbu davlatga, balki Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalariga mahsulotlar eksport qilishda qulay joylashuv muhitini yaratadi.

Bu esa o’z navbatida yurtimiz elektrotexnika mahsulotlarini ham Ozarbayjon bozori, ham jahon bozorida o’z o’rnini topishi, xaridorgir bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.