ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Mirzo Ulug’bek kichik sanoat zonasi hududida joylashgan korxonalar faoliyati o’rganildi

Uyushma yangiliklari

“O’zeltexsanoat” uyushmasining “Yig’ma axborot-tahlil boshqarmasi” xodimlari Toshkent shahridagi sobiq “Toshkent traktor zavodi” hududida joylashgan “Mirzo-Ulug’bek kichik sanoat zonasi”da bo`ldilar.

Ushbu kichik sanoat zonasida 30 dan ortiq ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo’lib, respublika bo’yicha katta hajmdagi isitish qozonlari va ventilyatsiya tizimlari ishlab chiqaruvchi korxonalar aynan ushbu sanoat zonasida faoliyat olib bormoqdalar.

O’rganishlar mobaynida, uyushma ma’sullari “Mirzo Ulug’bek kichik sanoat zonasi” hududida joylashgan «Himex» MChJ, «Vita build» ХК, «Termostek» ХK, «White light» MChJ korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari, amalga oshirayotgan loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur korxonalar tomonidan sanoat isitish qozonlari va filtrlash uskunalari, “Ventilyatsiya tizimlarini barcha turlari, lokal issiqlik qozonxonalari va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarilish jarayonlari yo`lga qoyilgan.

Misol uchun, “TERMOSTEK” ХK sanoat isitish qozonlari va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradi, korxonada bugungi kunda 45 nafar xodim ishlab kelmoqda.

Hozirda korxona tomonidan Andijon viloyatining istish tizimlarini modernizatsiya qilish dasturi doirasida ko’mirda ishlaydigan sanoat issiqxonalari uchun katta hajmdagi “voronka” va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda.

Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarining faoliyatini o`rganish jarayonlari davom etmoqda.