ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish maqsadida viloyatlarda uchrashuvlar o’tkazilmoqda

Uyushma yangiliklari

Avval xabar berganimizdek, “O’zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan viloyatlarda joylashgan mahalliy korxonalar o’rtasida hamkorlik aloqalarini kuchraytirish bo’yicha muloqotlar tashkil etilmoqda.

Bir necha kun avval Navoiy viloyatidagi “Hayat Power Cable Sytsems” MChJ XK, “Gidrostankoservis” MChJ korxonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tashkilotlar vakillari ishtirokida shu kabi uchrashuvlar tashkil etilgandi.

Ushbu uchrashuvlarning mantiqiy davomi sifatida, Samarqand viloyatida joylashgan maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalarda kooperatsiya aloqalarini o’rnatish maqsadida mahalliy tadbirkorlar o’rtasida muzokara jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

Xususan, “Gidrostankoservis” MChJ ma’sul xodimlari Samarqand viloyatida joylashgan “Ideal Electrolux”, “SamFerre” va “Elite” kabi brendlar ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

O’rganishlar asnosida, ushbu korxonalarda ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning xorijdan import asosida olib kelinuvchi butlovchi qismlarini “Gidrostankoservis” MChJ tomonidan yetkazib berish istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Samarqand viloyatida joylashgan, yuqorida keltirilib o’tilgan, maishiy texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalarimiz xorijdan ayrim butlovchi qismlarni import qilib keladi.

Agar ushbu korxonalar va “Gidrostankoservis” MChJ o’rtasida savdo hamkorligi o’rnatilsa va butlovchi qismlar ishlab chiqarish jarayoni mahalliylashtirilsa, 15-20 mln dollarlik import qisqarishiga hamda mahsulotlar tannarxi tushishiga erishiladi. Shuningdek, yangi ishchi o’rinlari yaratiladi, tadbirkorlarimiz logistika masalalarida birmuncha qulayliklarga ega bo’ladilar.