ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Koreyaning “ShEnergy” kompaniyasi bilan elektromobillarni quvvatlantiruvchi uskunalar ishlab chiqarish muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

Elektromobillarni ishlab chiqarish nafaqat jahonda, bugunga kelib yurtimizda ham shiddat bilan rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan. Ayniqsa, mamlakatimizda elektromobillar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ochilayotganligi, bozorda ushbu texnologiyalarni quvvatlantiruvchi uskunalarga bo’lgan talabni ham oshirmoqda.

“O’zeltexsanoat” uyushmasi ushbu yo’nalishda ham yangidan-yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish ishlarini boshlab yuborgan. Bunda rivojlangan davlatlarning yetakchi kompaniyalari bilan muntazam muzokaralar olib borilmoqda.

Xususan, kuni kecha Janubiy Koreyaning “ShEnergy” kompaniyasi vakillari bilan ushbu mavzuda navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda uyushma ma’sullari mamlakatimizda bugungi kunda elektromobillar va ularni quvvatlantiruvchi uskunalarga bo’lgan talabning ortib borayotganligi, ushbu yo’nalishda ish olib bormqochi bo’lgan tadbirkorlar, investorlarga beriladigan imtiyoz va imkoniyatlarga oid batafsil ma’lumotlarni berdilar.

Koreya kompaniyasi vakillari o’z o’rnida ushbu turdagi mahsulotlarni talab oshib borayotgan Markaziy Osiyo bozoriga olib kirishda aynan O’zbekistonda ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar. Bunga sabab qilib esa sohada yaratilayotgan imkoniyatlar doirasi kengligi, imtiyozlar soni ko’pligini keltirdilar.

Uchrashuv yakunida, mehmonlar berilgan ma’lumotlarni chuqur o’rganib chiqqan holda, mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda, yaqin kelajakda yangi turdagi mahsulotlarni yurtimizda ishlab chiqarishga umid bildirishlarini ta’kidladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan