ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ da manfaatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uyushma yangiliklari

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda jamiyat tomonidan foydalanilayotgan va import qilinayotgan kuchlanish kabellari va elektrotexnika vositalarini kooperatsiya orqali mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi. Muhokamalarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari va jamiyat rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ elektrotexnika jihozlari va butlovchi qismlarni Rossiya, Belarus, Xitoy kabi mamlakatlardan import qilib keladi. Mutaxassislar muzokaralardan so‘ng jamiyatning tog‘-kon va qayta ishlash majmualarini ko‘zdan kechirishdi hamda u yerda importdan olib kelinadigan 100 ga yaqin elektrotexnika jihozlari va butlovchi qismlar bilan tanishishdi.

Kelgusida importdan yetqazib beriladigan elektrotexnika jihozlarini “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda mahalliylashtirishga kelishib olindi.