ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

Janubiy Koreya – O’zbekistonning strategik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri. Buni ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari o’rtasidagi rivojlanib borayotgan aloqalardan ham bilsa bo’ladi.

Xususan, Toshkent shahridagi “HYATT Regency” mehmonxonasida ikki davlat biznes olami vakillari o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga qaratilgan biznes-uchrashuv bo’lib o’tdi.

“Bussiness meeting Asia 2023” nomli biznes-uchrashuvda Janubiy Koreyaning “Samjin Precision”, “Ninano”, “Yujintech” kabi yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

“O’zeltexsanoat” uyushmasi ma’sul xodimlari ham ushbu tadbirda faol ishtirok etib, bir necha koreys kompaniyalari bilan istiqbolli hamkorlik takliflarini muhokama etdilar.

Xususan, uyushma ma’sullari Koreyaning “Intelligent Transport Systems”, “Vision Digitech”, “Sutech”, “SMTechnology” kabi kompaniyalar vakillari bilan B2B uchrashuvlarda samarali muzokara o’tkazdilar.

Biznes uchrashuvda muhokama qilingan asosiy mavzular qatorida elektrotexnika, IT texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayoni avtomatizatsiyasi, avtomobilsozlik va boshqa shu kabilar bo’ldi.

Bu kabi o’zaro manfaatli tadbirlar Koreya-O’zbekiston munosabatlari, hamkorlik aloqalari rivojlanishiga, yurtimizga xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq jalb qilishga ijobiy ta’sir etadi.