ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasiga mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

Yashil energiya manbalari texnologiyalarini yurtimizda joriy etish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda dunyoning “Acwa Power”, “Masdar” kabi yetakchi xorijiy kompaniyalarining investitsion loyihalari doirasida quyosh panellari, shamol generatorlari stansiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu turdagi stansiyalarni qurish ishlariga Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi ham jalb qilingan. Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasida ushbu kompaniya vakili bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda respublikamizda shamol, quyosh elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlari qurilishlariga mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan mahsulotlar yetkazib berish muhokama qilindi.

Shuningdek, xorijiy kompaniya loyihalarini amalga oshirishda uyushma mutaxassislari bilan hamkorlik qilish bo’yicha ham fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2030-yilgacha yashil elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 27 Gigavattga yetkazish vazifasi qo’yilgan.

Umuman yurtimizda amalga oshiriladigan yashil energetika loyihalari uchun $ 500 mln dollarlik kabel-sim mahsulotlariga ehtiyoj borligi aytilgan.

Uyushma bu kabi ko’rsatmalardan kelib chiqqan holda “Acwa Power”, “Masdar” va “L&T Construction” kabi kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishda davom etadi.