ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Chexiyaning Brno shahrida 64 – Xalqaro sanoat koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

Uyushma yangiliklari

Joriy yilning 10-13-oktyabr kunlari tashkillashtiriladigan “MSV-2023” xalqaro sanoat ko’rgazmasi – sanoat uskunalari, elektrotexnika va mashinasozlikka bagʻishlangan yirik koʻrgazma boʻlib, 1959-yildan buyon har yili Chexiyada oʻtkazib kelinadi.

Bu yil unda 1500 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Jumladan, “Made in Uzbekistan” milliy brendi ostida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi korxonalari ham markazlashgan stend bilan qatnashishi rejalashtirilgan.

Boʻlajak koʻrgazmaning asosiy mavzularidan biri sifatida “INDUSTRY 4.0” (IV sanoat inqilobi) – sanoat tarmoqlarini avtomatlashtirish va integratsiyalash ishlab chiqarishning yangi bosqichi koʻrilmoqda.

“Texnologiyalar va innovatsiyalar transferi” mavzusiga alohida eʼtibor qaratiladi, chunki bu orqali sanoatda foydalanish uchun ilmiy ishlanmalarni keng namoyish etish, oliy oʻquv yurtlarini ishlab chiqarish bilan chambarchas bogʻlash rejalashtirilgan.

Koʻrgazmaning nufuzi shundaki, bu yerga har yili 80 000 nafardan ortiq ishtirokchilar, jumladan, Germaniya, Xitoy, Italiya, Hindiston, Avstriya, AQSH, Rossiya, Tayvan, Polsha va Shveytsariya kabi turli davlatlar elektrotexnika sanoati mutaxassislari va ishbilarmon doiralar vakillari tashrif buyuradi.