ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Yurtimizda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda akustik tizimlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Uyushma yangiliklari

Elektrotexnika sanoatida yangi loyihalarni yaratish, bunda investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha Janubiy Koreya bilan faol hamkorlik muzokaralari doimiy tarzda o’tkazilmoqda.

Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasida Janubiy Koreyaning “DH Media Tech” korporatsiyasi rahbariyati vakillari va uyushma mutasaddilari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari Mansur Xashimov, “DH Media Tech” korporatsiyasi ta’sischisi Shin Yong In va korporatsiya prezidenti Li Taesuk o’rtasida muzokara bo’lib o’tdi.

Muzokaraning asosiy mavzusi – yurtimizda akustik tizimlarni (mikrofon, audiomiksher, ovoz-kuchaytirgich, spiker va konferens-tizimlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo’shma korxonani yaratish masalalari bo’ldi.

Janubiy Koreya korxonasi ushbu mahsulotlarni yurtimizda ishlab chiqarish va xorijga eksport qilish bo’yicha o’z rejalarini taqdim qildi.

Mehmonlarga uyushma faoliyati, elektrotexnika sohasida qabul qilingan prezident qarori, investitsiyaviy loyihalar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Muzokara yakunida tomonlar ushbu loyiha doirasida o’rganish ishlari va muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.