ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Yurtimizda ilk bor elektr golf karalar ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi

Uyushma yangiliklari

Elektrotexnika sanoatida yangi turdagi mahsulotlarni mahalliylashtirish soha taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.

Yangi ish o’rinlari yaratilishi, xorijiy davlatlarga texnologik bog’liqlik darajasini kamaytirilishi kabi jihatlar aynan mahalliylashtirish loyihalariga bog’liq.

Yurtimizda ham yana bir yangi turdagi elektrotexnika mahsuloti – elektr golf karalar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilmoqda. Avtomobilsozlikda muhim bo’lgan ushbu mahsulot shu paytga qadar mamlakatimizda ishlab chiqarilmagan.

“O’zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari ushbu loyihani amaliyotga tadbiq etayotgan “Global OSB” korxonasiga tashrif buyurdilar.

Mas’ullarimiz tomonidan korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga tayyorgarlik holati, istiqbolli rejalar o’rganildi. Korxona mutasaddilari bilan kooperatsiya aloqalarini yo’lga qo’yish bo’yicha fikrlar almashildi.

Xususan, ushbu mahsulotni ishlab chiqarishda zarur bo’lgan butlovchi qismlarni mahalliy korxonalardan xarid qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Korxona to’laqonli ishga tushish jarayoniga joriy yilning mart-aprel oylarida start berilishi rejalashtirilmoqda.

Boshlang’ich qiymati $ 1 mln dollar bo’lgan loyiha ishga tushishi natijasida elektr golf karalarning old peshona oynalari, bamperlari, old va orqa kuzov qismlari, shassi himoya qopqog’i, o’rindiqlari kabi ko’plab qismlarni ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan