ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Sovutgich kondensatorlarining mahalliylashtirilishi yo’lga qo’yildi

Uyushma yangiliklari

Maishiy texnika vositalari ayniqsa muzlatkichlar ishlab chiqarishda eng muhim hisoblangan butlovchi qismlardan biri sovutish kamerasi kondensatoridir. Ushbu butlovchi qismning yurtimizga xorijdan yillik import ko’rsatkichi $ 11mln dollarni tashkil etadi.

Yurtimizda endilikda ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat yuritmoqda.

“Hvac Engineers Goods” korxonasi poytaxtimizning Bektemir tumanidagi “Bektemir kichik sanoat zonasi”da joylashgan bo’lib, o’nlab turdagi kondensatorlarni ishlab chiqarmoqda.

“O’zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari ushbu korxonaga tashrif buyurib, korxona faoliyati, kelajak rejalari bilan yaqindan tanishdilar.

Korxona mutasaddilari bilan suhbat qurgan uyushma vakillari faoliyatni kengaytirish, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalanish bo’yicha atroflicha ma’lumot berdilar.

Shu bilan birga, yurtimizdagi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini o’rnatish bo’yicha ham hamkorlik qilishga kelishildi.

Sovutgich va muzlatgichlar uchun kondensatorlar xorijdan, asosan Xitoydan respublikamizga import qilinadi. Ammo endilikda “Hvac Engineers Goods” korxonasi ushbu mahsulotni ishlab chiqarib, yurtimizda yana bir yangi turdagi mahsulotni mahalliylashtirishga erishdi.

Uyushma bu kabi korxonalarni qo’llab-quvvatlash, ularga imkoniyat doirasidagi barcha yordamlarni ko’rsatishda davom etadi.