ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Elektrotexnika sanoati tarmoqlarida “raqamli iqtisodiyot”ga o‘tish bo‘yicha dastlabki qadamlar boshlandi

Uyushma yangiliklari

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida 2020 yil – “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi.

Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur. Bu esa yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Xususan, elektrotexnika sanoati tarmoqlarida ham ushbu axborotlashgan jamiyatni qaror toptirish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidagi ustuvor vazifalar ijrosidan kelib chiqib, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mazkur yo‘nalishdagi ishlarni ilg‘or tajribalarga asoslangan holda amalga oshirish bo‘yicha dastlabki qadamlarini boshladi.

Elektrotexnika sanoati tarmoqlarida raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, istiqboldagi rejalar, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilarning taklif va mulohazalari o‘rganildi. Tizimda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlariga oid mavzularda mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.