ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Qashqadaryoda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumi o’z ishini boshladi

Uyushma yangiliklari

Ayni damda Qashqadaryo viloyatida joylashgan ko’rgazmalar saroyida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumi” bo’lib o’tmoqda.

Sanoat ko’rgazmasida turli tarmoq korxonalari, ishbilarmon doira vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqdalar.

Ko’rgazmada elektrotexnika, tog’-kon sanoati, energetika, charm-poyabzal, mebelsozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat, qurilish va boshqa ko’plab sanoat sohalaridan yuzlab ishlab chiqaruvchilar, tashrif buyuruvchilar ishtirok etmoqda.

“O’zeltexsanoat” uyushmasi “Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytrish va importni optimallashtirish boshqarmasi” ma’sul xodimlari, uyushmaga a’zo korxonalar mutaxassislaridan iborat vakillarimiz ko’rgazma doirasida istiqbolli hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida uchrashuv va muzokaralar olib bormoqdalar.

Yarmarka doirasida o’zaro manfaatli shartnomalar, tarmoq va mahalliy korxonalar bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanishi va ishtirokchilar o’rtasida turli nominatsiyalarda tanlovlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.