ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

“O‘zeltexsanoat” va OPIC o‘rtasida elektrotexnika masalalaridagi hamkorlik muhokama qilindi

Uyushma yangiliklari

“O‘zeltexsanoat” va OPIC o‘rtasida elektrotexnika masalalaridagi hamkorlik muhokama qilindi.

– O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi sanoat tarmoqlarida, xususan elektrotexnika yo‘nalishida ham istiqbolli hamkorlikni kengaytirish, yaxshi tashabbus va loyihalarni moliyalashtirishda bizning tashkilot doim yordamga tayyor, – deydi Xalqaro loyihalarni moliyalashtirish, chet el xususiy investitsiya korporatsiyasi direktori (OPIC) Tara Bleyk.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasida Xalqaro loyihalarni moliyalashtirish, chet el xususiy investitsiya korporatsiyasi direktori (OPIC) Tara Bleyk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-AQSh o‘rtasida elektrotexnika sanoati korxonalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, yurtimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish, korxonalarning Amerika bozorlariga chiqishi, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.