ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

“Made in Samarkand” ko‘rgazmasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalari ham qatnashdi

Uyushma yangiliklari

"Made in Samarkand"

Samarqand shahrida «Invest in Samarkand» xalqaro investitsion forumi hamda «Made in Samarkand» viloyat ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Forum dasturi doirasida alohida mavzularga bag‘ishlangan sessiyalar ham o‘tkazilib, ushbu sessiyalar davomida ishtirokchilar – vazirliklar va tarmoq idoralari rahbarlari viloyatning investitsion jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirishning istiqbolli mexanizmlari, sanoatda va qishloq xo‘jaligida lokalizatsiyani yanada chuqurlashtrish mavzularida fikr almashdilar. Viloyatning tuman va shaxarlari kesimida loyiha takliflari hamda amalga oshirish bosqichidagi katta loyihalar alohida taqdim etildi. Jumladan, “O‘zeltexsanoat” uyushmasidan ham vakillar qatnashib, sohaga aloqador mavzuda investorlar bilan muzokaralar olib bordilar.

Bundan tashqari, tadbir davomida «Made in Samarkand» viloyat ishlab chiqaruvchilarining sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi va «B2B» formatidagi ishbilarmon doiralari vakillarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar ham maishiy texnika vositalari bilan qatnashdilar.

Forum yakunida umumiy summasi 1,7 mlrd. dollarlik 146 ta kelishuv, hamda 200 mln. dollar summadagi 94 ta eksport shartnomalari imzolandi.