ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Hududlarda “sanoat klasterlari” tashkil etiladi

Uyushma yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Hukumatga har bir hududda «sanoat klasterlari»ni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan. Xususan, Namanganda to‘qimachilik, Navoiyda qurilish materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, poytaxtda elektronika va mebel bo‘yicha «sanoat klasterlari»ni tashkil etish mumkinligi ta’kidlangan. edi.

18-avgust kuni imzolangan “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida ham Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzoqovga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “sanoat klasterlari”ni tashkil etish dasturini kiritish vazifasi topshirilgan.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan “Elektrotexnika sanoati klasteri” konsepsiyasi ustida ishlanmoqda.