logo

Uyushma yangiliklari

13.06.2025
86
Ulashish:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish muhokama qilindi

2025-yil 12-iyun kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida uyushma raisi Mirziyod Yunusov hamda rais o‘rinbosari Jahongir Jamalov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Almaz Toygonboyev boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda YTTB banki tomonidan O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda faoliyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalari uchun imtiyozli moliyaviy resurslar ajratishga tayyorlik bildirildi.

 

Shu maqsadda bank mutaxassislari tomonidan korxonalarning moliyaviy va texnik jihatdan talabga muvofiqligi o‘rganilishi, ekspertlar korxonalar bilan joylarda ishlashi belgilandi. Eng samarali va eksportbop korxonalar saralab olinib, ularga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilishi ta'kidlandi.

 

Shuningdek, muzokaralar davomida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, eksportga chiqayotgan korxonalarning sertifikatlash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash, hamda yangi mahsulot ishlab chiqarishda sertifikat olish bo‘yicha grant mablag‘lari ajratish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

 

Ma’lumot uchun: YTTB bugungi kungacha O‘zbekistonda 170 dan ortiq loyihalarni umumiy qiymati $5,2 milliard dollardan ziyod mablag‘ bilan moliyalashtirib, sanoat tarmoqlarining modernizatsiyasi va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

 

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berib, elektrotexnika sohasining barqaror o‘sishi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.