logo

Uyushma yangiliklari

13.03.2025
451
Ulashish:

“Coca-Cola Uzbekistan” kompaniyasiga savdo muzlatkichlari yetkazib berish muhokama qilindi

“O’zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari bugun “Coca-Cola Uzbekistan” kompaniyasida bo’lib, kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish bo’yicha uchrashuv o’tkazdilar.

Mazkur uchrashuvda, uyushmaga a’zo “Texnopark”, “Sam-Ferre”, “Artel”, “Premier” kabi korxonalarning muhandis va sotuv bo’yicha rahbarlari qatnashdilar.

Bundan ko’zlangan asosiy maqsad – “Coca-Cola Uzbekistan” kompaniyasiga mahalliy elektrotexnika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan savdo muzlatkichlarini yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilish bo’ldi.

“Coca-Cola Uzbekistan” kompaniyasi hozirda 10 ga yaqin turdagi umumiy qiymati $ 20 mln dollarga yaqin savdo muzlatkichlarini xorijdan import qilib keladi.

Importni optimizatsiya qilish, mahalliy tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha uyushma va a’zo korxonalar tomonidan olib borilayotgan bu kabi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuvda shuningdek “Coca-Cola” kompaniyasining bosh ofisi, Turkiya va Fransiyadagi ofislari mutasaddilari ham onlayn tarzda ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida “Coca-Cola Uzbekistan” kompaniyasi, “O’zeltexsanoat” uyushmasi va mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini bosqichma-bosqich tarzda kengaytirishga kelishib olindi.