logo

Uyushma yangiliklari

30.04.2025
202
Ulashish:

Rossiyaning “Евроангар” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 28–30-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo – 2025” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston sanoat tarmoqlari uchun istiqbolli yo‘nalishlarda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi muzokaralar davom etmoqda.

 

Ushbu ko‘rgazma doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Rossiyaning “Евроангар” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

 

Memorandum ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalar almashuvi hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

 

Ushbu hujjat O‘zbekistonning sanoat infratuzilmasini zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va xorijiy tajribani joriy etishga qaratilgan.

 

Ma’lumot uchun: “Евроангар” kompaniyasi Rossiyada metall konstruksiyalar asosida modulli sanoat binolari, logistika inshootlari, omborxona va ishlab chiqarish majmualarini loyihalash, ishlab chiqish va qurish bo‘yicha ixtisoslashgan yetakchi korxonalardan biridir.

 

Kompaniya o‘z loyihalarida tez yig‘iladigan, energiya tejamkor va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qurilish yechimlarini taklif qiladi. “Евроангар” tomonidan Rossiya va boshqa mamlakatlarda yuzlab sanoat obyektlari qurilishi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.