logo

Uyushma yangiliklari

22.10.2025
565
Ulashish:

Afg‘oniston bozoriga chiqish uchun yangi imkoniyat

O‘zeltexsanoat uyushmasi tomonidan Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida tashkil etilgan “Uzelectronics” multi-brend savdo markazida bo‘sh savdo maydonlari mavjud.

Mazkur savdo markazida bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining bir qator elektrotexnika sanoati korxonalari o‘z mahsulotlarini muvaffaqiyatli ravishda Afg'oniston bozorida sotishmoqda. Endilikda boshqa mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar ham ushbu savdo markazidan foydalanish orqali Afg‘oniston bozorida o‘z mahsulotlarini namoyish etish va sotish imkoniyatiga ega.

📌 Savdo maydonlarini ijaraga olish, hamkorlik shartlari va tashkiliy masalalar bo‘yicha qiziqqan korxonalar quyidagi telefon raqam orqali murojaat qilishlari mumkin:

📞 +998 93 686 88 60

Afg‘oniston bozoriga ishonchli, tizimli va amaliy chiqish imkoniyatidan foydalaning.