
Elektrotexnika sanoati korxonalari o’rtasida o’tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovi uchun loyihalar o’rganilmoqda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PQ-20-sonli qarorida belgilangan vazifalarni “O’zeltexsanoat” uyushmasi va mas’ul tashkilotlar tomonidan ijro etish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
Mazkur qarorga asosan elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari ro’yxatini shakllantirish topshirig’i berilgan.
Shakllantirilgan loyihalar ro’yxati doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tanlov o’tkazish va g’olib deb topilgan ishlarni moliyalashtirish belgilangan.
“O’zeltexsanoat” uyushmasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullaridan iborat Ishchi guruh elektrotexnika sanoati korxonalaridagi ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik loyihalarini o’rganmoqdalar.
Xususan, Ishchi guruh a’zolari “Statura” va “Kommet Pro” korxonalarida bo’lib, korxonalar tomonidan tayyorlangan ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.
Korxonalar vakillariga PQ-20-sonli Prezident qarori va unda keltirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari tanloviga oid batafsil ma’lumotlar berildi.
Uyushma va hamkor tashkilotlarning elektrotexnika sanoati korxonalaridagi ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini o’rganish jarayonlari davom etadi.