ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 17-dekabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, Texnopark MChJ

Yosh elektrotexniklar tajriba oshirdi

Uyushma yangiliklari

🕚 17-dekabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, Texnopark MChJ

Toshkent texnoparkida “O‘zeltexsanoat” uyushmasining tashabbusi bilan poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari uchun sanoat turizmi tashkil etildi.

Mazkur ekskursiya iqtisodiyotimiz drayveri hisoblangan elektrotexnika sanoati uchun boshlang‘ich mutaxassis-kadrlar tayyorlab beruvchi radiotexnika sohasiga ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining kasb tanlash borasidagi qiziqishi va ko‘nikmasini oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Shu yilning 20 noyabr kuni Prezidentimiz mazkur texnoparkka tashrifi chog‘ida sanoatda yuqori texnologiyalarni amalda ishlata oladigan zamonaviy milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash va yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi.

Elektrotexnika sanoatining yirik klasteri hisoblangan mazkur hududda bir yil ichida 6 ta loyiha amalga oshirildi. O‘quvchilar lift va eskalatorlar, qoliplar, suv nasoslari, kondensioner va sovutish tizimlari, aqlli gaz hisoblagichlari, sovutgichlar ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, bu yerda tashkil qilingan raqamli axborot boshqaruvi, servis xizmatlari, o‘quv markazlari ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan doimiy ravishda yosh kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Uyushma tomonidan «Online maktab» loyihasi asosida “Yosh elektrotexnik” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan davr mobaynida bunday loyihalar o‘quvchilarning turli sohalarga qiziqishi va kasb tanlash borasidagi ko‘nikmalarining ortishiga sabab bo‘ldi. Aynan elektrotexnika sohasiga qiziquvchi yoshlarni o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi 1-son kasb-hunar maktabi ham raqamli axborotlarni qayta ishlash, tibbiy texnikani montaj qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, maishiy texnika jihozlari va teleradioapparaturalarni ta’mirlash, elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish va elektromontyor yo‘nalishlarida boshlang‘ich kadrlarni tayyorlaydi.

Yoshlar ushbu ekskursiya orqali tanlagan kasblari naqadar jamiyat va iqtisodiyotimiz uchun foydali ekanligini tushunib yetdi. Bu esa elektronika olamida innovatsion fikrlovchi yoshlar safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi