ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

Ishlatib bo‘lingan, yaroqsiz batareykalarni yig‘ish uchun maxsus konteynerlar o‘rnatilmoqda

Uyushma yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlatib boʼlingan, yaroqsiz batareykalarni yig‘ish, qayta ishlash masalalariga bag‘ishlab press-tur tashkil etdi. Bu haqda qo‘mitaning axborot xizmati xabar berdi.

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra batareyka va ularning birlamchi qismlarini import qilish yiliga o‘rtacha 65 million donani (144 tn) tashkil etadi. Ushbu turdagi tovarlarning foydalanish muddati qisqaligini inobatga olgan holda (1 oydan-2 yilgacha), ulardan hosil boʼladigan chiqindilarning prognozi yiliga 70 tonna atrofida deb hisoblash mumkin.

Maʼlumot uchun: mutaxassislarning hisob – kitoblariga ko‘ra, bir dona tashlab yuborilgan oʼrtacha soat batareykasi 20 m2 yerni og‘ir metallar bilan ifloslantirishi mumkin.

Batareykalar tarkibida koʼp turdagi simob, nikelь, kadmiy, qoʼrgʼoshin, litiy, marganets va rux kabi tirik organizmlar, shu jumladan, inson organizmida toʼplanish xususiyatiga ega boʼlgan va jiddiy zarar yetkazadigan metallar mavjud.

Chiqindi qutilariga (konteynerlarga) beixtiyor tashlangan batareykalar qattiq maishiy chiqindilar bilan birga chiqindixona va poligonlarga olib ketiladi va u yerda yemirilish natijasida batareykalardan og‘ir metallar ajralib chiqib yer osti suvlariga kirib boradi. Yoki yonish jarayonida ham faol tarzda, nafaqat tutun orqali, balki yomg‘ir suvlari orqali ham inson organizmiga kirib boruvchi dioksinlar deb ataluvchi toksik moddalarni ajratib chiqaradi. Keyinchalik zanjir tarzida tuproq, suv va o‘simliklarga o‘tib boradi.

Ishlatib bo‘lingan batareykalar tarkibida zaharli moddalar bo‘lganligi tufayli ularni umumiy chiqindilarga tashlamaslik kerak. Аgar ular boshqa maishiy chiqindilar orasida poligonga tushib qolsa, u holda qoplama asta-sekin yemiriladi va xavfli unsurlar tuproq, yer osti suvlari, so‘ngra yer usti suvlariga qo‘shilib ketadi. Аgar batareyka chiqindilar yondiriladigan zavodga tushsa, zararli birikmalar havoni ifloslantiradi.

2020-yil Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi butun mamlakat bo‘ylab keyinchalik utilizatsiya qilish maqsadida ishlatilgan batareykalarni yig‘ish uchun konteynerlarni o‘rnatish tashabbusi bilan chiqdi.

«Toza hudud» va «Maxsustrans» DUKning 701 ta chiqindilarni yig‘ish punktlarida maxsus idishlar o‘rnatishni boshlash topshirildi. Xuddi shunday taklif sanitar tozalov sohasidagi xususiy kompaniyalarga ham berildi.

Dastlabki yangi konteynerlarni Toshkentda va Farg‘ona viloyatida ko’rish mumkin. Ularni tanib olish juda oson – shakli va ko’rinishidan ular batareykalarni eslatadi.

Bugungi kunda poytaxtda «Maxsustrans» DUK ning 530 ta va va xususiy sanitar tozalov kompaniyalarining 171 ta konteynerlari paydo bo’ldi. Konteynerlar o‘rnatish ishlari davom etmoqda va ular barcha chiqindilarni yig‘ish joylarini qamrab oladi.

Ularni keyingi qayta ishlash masalasi hal qilinishi lozim, chunki respublikada hozircha tegishli ishlab chiqarish quvvatlari yo‘q. Ko‘rib chiqilishi kerak bo’lgan yana bir variant – batareykalarni utilizatsiya qilish uchun xorijga yuborish. Xullas, atrof-muhim muhofazasi sohasida yana bir muhim loyiha bo’yicha ishlar boshlandi. Ishonchimiz komilki, bu sa’y-harakatlar kelajak avlodlarga ona tabiatni bezavol etkazishdek ezgu maqsadlarimiz ro‘yobi yo‘lida yana bir muhim qadam bo’ladi

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi