ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Elektrotexnika sanoatida imtiyozlar tadbirkorlarda qiziqish uyg’otdi

Uyushma yangiliklari

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi xodimlaridan iborat Ishchi guruhining navbatdagi tashrifi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi. Elektrotexnika sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan va kelajakda ushbu yo‘nalishda yangi loyihalarni amalga oshirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi.

Xorazmlik tadbirkorlarga elekrotexnika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan soliq, bojxona va boshqa to‘lovlardagi qator imtiyozlar, faoliyatlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim me’yoriy-hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbirkorlar jonli muloqotda oldilarida turgan muammolar, korxonaning eksport salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalarni o‘zlashtirishda xorijiy hamkorlarning ishtiroki masalasida ko‘plab savollarni o‘rtaga tashladi va unga “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Ishchi guruhi tomonidan to‘laqonli javob qaytarildi.