ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 5-noyabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

Xitoylik hamkorlarga elektrotexnikaga oid istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti o’tkazildi

Uyushma yangiliklari

🕚 5-noyabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida onlayn tarzda o‘tkazilayotgan «Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasi» doirasida bugun «Doing Business in Uzbekistan» biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Xitoydan tadbirkorlik sub’ektlari, yirik kompaniya vakillari va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi biznes vakillari ishtirok etdi. Biznes-forumda asosiy maqsad ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, biznes yuritish borasida istiqbolli kelishuvlarga erishishdan iboratdir.

Tadbirda xo‘jalik birlashmalari, sanoat korxonalari va eksport-import, investitsiya salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashkilot vakillarining taqdimotlari tinglandi. Xususan, elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va bu yo‘nalishda yangi istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi M. Yunusov o‘z taqdimotini amalga oshirdi.

Xitoylik tadbirkorlarga O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatining rivojlanish istiqbollari, Xitoy hamkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, 2025 yilgacha amalga oshiriladigan harakatlar strategiyasi va yangi istiqboldagi investitsiya loyihalari haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Xususan, xitoylik sheriklar bilan birgalikda Xitoyning «TCL» kompaniyasi bilan hamkorlikda 1 million dona ishlab chiqarish quvvatiga ega televizorlar ishlab chiqarish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. (loyiha qiymati 11 million dollar), changyutgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha yillik quvvati 450 ming dona bo‘lgan «KingClean Electric Co.,ltd» kompaniyasi bilan (loyiha qiymati 5 million dollar), muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha 720 ming dona ishlab chiqarish quvvatiga ega «Midea» kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatildi. (loyiha qiymati 25,7 million dollar).

Shuningdek, «Whirlpool China» kompaniyasi bilan 1,1 million dona kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish quvvatiga ega loyiha amalga oshirildi. (loyiha qiymati 28,0 million dollar).

Hozirda nasoslarni ishlab chiqarish bo‘yicha «LEO» bilan qo‘shma loyihalar boshlangan. (quvvati – 550 ming dona, qiymati – 8 million dollar), maishiy texnika sohasida elektr motorlarini ishlab chiqarish uchun «Gree» kompaniyasi bilan (quvvati – 1,8 million dona, qiymati – 15, 5 million dollar), liftlar va eskalatorlarni ishlab chiqarish yo‘nalishida «Shanghai Mitsubishi» (quvvati – 2 ming dona, qiymati – 9,3 million dollar), shuningdek «Kinte» kompaniyasi bilan sovutish uskunalari bo‘yicha ilmiy-texnik hamkorlik (quvvati – 80 ming dona, narxi -25,8 mln. AQSh dollari) yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekistonda elektrotexnika sohasidagi import tahlil qilinar ekan, ayrim butlovchi ehtiyot qismlarini mahalliylashtirishga bo‘lgan talab va ehtiyoj ortib borayotganligi alohida ta’kidlandi. Xususan, maishiy texnika vositalari uchun kompressorlar, kompyuter va orgtexnika buyumlari, nasoslar, fotoelektr panellari, elektron platalar, tikuv mashinalari kabi mahsulot turlarini tezroq ishlab chiqarish va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Biznes-forumda xitoylik tadbirkorlar bilan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi