ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 24-oktabr 2019 y. 🚩 Toshkent shahri, International Hotel Tashkent

Energiya tejovchi texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi

Uyushma yangiliklari

🕚 24-oktabr 2019 y. 🚩 Toshkent shahri, International Hotel Tashkent

Energiya tejovchi texnologiyalar

Poytaxtimizdagi “International” mehmonxonasida 23 oktyabrь kuni “O‘zbekistonda energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishda xalqaro hamkorlikning o‘rni va ahamiyati” mavzusida Birinchi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “CHINT Electric” O‘zbek-Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan ilk marotaba tashkil etilgan ushbu forumda energiya tejovchi va quyosh panellari ishlab chiqaruvchi korxona xodimlari, dillerlik xizmati vakillari, ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan muhandis texnik-ustalar, iste’molchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, bugungi kunda davlat tomonidan ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi qonunida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, qidiruv, joriy etish, loyihalash, qurilish-montaj ishlari va foydalanishga doir ishlar, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, uni tashish, realizatsiya va iste’mol qilish bilan bog‘liq faoliyatlarning huquqiy asoslari kafolatlab berilgan.

Forumda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasiga innovatsion texnologiyalarni, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining energiya jihatdan samaradorligini oshirish, ularning ishlab chiqarilishini kengaytirish va mahalliylashtirishni rag‘batlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida soliq, bojxonaga oid hamda boshqa imtiyozlar va preferentsiyalar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Forumda “CHINT DISTRIBUTION” kompaniyasi vakillari ham o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar haqida videorolik namoyish etildi. Ochiq konstruktiv ruhda o‘tgan forumda berilgan barcha savollarga kompaniya vakillari tomonidan javob qaytarildi. Ushbu sohada munosib natijalarag erishayotgan ishlab chiqaruvchilar, oddiy ustadan tortib yirik korxonagacha bo‘lgan jarayondagi faol xodimlar munosib taqdirlandi, ularga esdalik sovg‘alari berildi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi