ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev vodorod energetikasini rivojlantirish to‘g‘risida qaror imzoladi

Uyushma yangiliklari

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining:

  • fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutini;
  • institut tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazini hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
  • qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzildi va unga quyidagi vazifalar yuklandi:
  • institut faoliyati tashkil etilishini muvofiqlashtirish;
  • qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohalardagi istiqbolli loyihalar amalga oshirilishini ta’minlash;
  • qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida zarur tadqiqotlar o‘tkazish hamda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish masalalarida vazirlik va idoralarga ko‘maklashish;
  • qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish hamda ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash.

Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, ushbu sohalarda fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish hamda innovatsion loyihalar ishlab chiqish;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodoroddan olingan energiyani elektr hamda issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga ulardan iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari va tarmoqlarida samarali foydalanish usullarini o‘rganish va joriy etish;
  • qayta tiklanuvchi energiya va vodorodni ishlab chiqarish, yetkazib berish va ulardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va (yoki) ularni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar talablariga moslashtirish;
  • ilg‘or davlatlarning mazkur sohalardagi ilmiy muassasalari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik o‘rnatish va ular ishtirokida tadqiqotlar tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularda ishtirok etish;
  • mahalliy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy izlanishdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zaro bog‘lovchi yaxlit tizimni shakllantirish va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod ishlab chiqaruvchi, ulardan foydalanuvchi hamda ushbu turdagi energiya bilan ishlovchi uskuna, qurilma va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi