ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

“Viessmann” isitish qozonlari qaysi afzalligi bilan xaridorgir?

Uyushma yangiliklari

Xabaringiz bor, kuni kecha Prezidentimiz Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida elektr va quyosh energiyasi asosida ishlovchi suv isitish qurilmasi hamda Germaniyaning “Viessmann” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan ikki konturli suv isitish qozonlari faoliyati bilan tanishgan edi.

Xo‘sh, bu mahsulotlarning bozori bugun qay darajada? Xalqaro brend ostidagi isitish qozonlariga bo‘lgan talab qanday? Shu savollarga javob izlaymiz.

Pandemiya sharoitiga qaramay korxonada ishlab chiqarish sur’ati pasaygani yo‘q. Loyihaning umumiy qiymati 2 mln dollar bo‘lib, yiliga 15 ming dona 4 turdagi ikki konturli gazda ishlaydigan isitish qozonlari hamda ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi.

Viessmann korxonasi 100 yil avval tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda isitish, sovitish va sanoat tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya tarkibida 11 ta davlatda joylashgan 22 ta sanoat korxonasi, 74 davlatda joylashgan vakolatxonalar va hududiy bo‘limlar hamda dunyo bo‘yicha 120 ta savdo ofisi mavjud.

Korxonada mahsulotlarning sifati va korxona mutaxassislarining tajribasini muntazam oshirib borish siyosati joriy etilgan. Kompaniyaning ishlab chiqarish tizimlari va menedjment boshqaruvi esa dunyo standartlariga muvofiqdir.

Ayni paytda Viessmann brendi ostida Vitopend 100-W A1JB rusumli 12, 24, 30 hamda 34 kVt quvvatga ega ikki konturli gazda ishlaydigan isitish qozonlari ishlab chiqarish to‘liq yo‘lga qo‘yilgan.

Ikki konturli Viessmann isitish qozonlarining unumdorligi kamida 90 foizni tashkil etadi. Ichki yonish kamerasi germetikligi, tutunni majburiy bartaraf etish va yonish uchun kislorodni tashqaridan olish tizimlari esa isitish qozonini xonadonning ichida o‘rnatishga imkoniyat yaratadi. Viessmann ikki konturli isitish qozonlari 96 m2 dan 340 m2 gacha bo‘lgan maydonni isitishga qodir, ularning issiqlik quvvati esa bir daqiqada 16 litrgacha suvni isitish uchun yetarlidir.

Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar O‘zbekiston bozorlarida Germaniya texnologiyalari bo‘yicha yaratilgan yuqori sifatli isitish uskunalarini yanada keng tarqalishiga va yurtimiz aholisiga qo‘shimcha qulaylik baxsh etishiga o‘z hissasini qo‘shadi.