ОНЛАЙН ТОРГОВАЯ ПЛОЩАДКА                                     COOPERTATION PORTAL                                    E-COOPERATION.UZ                                                     

Uyushma yangiliklari

Korxonalar eksportini oshirish bo’yicha Turkiyalik ekspertlar ishtirokida seminar boshlandi

Uyushma yangiliklari

“O’zeltexsanoat” uyushmasi korxonalarining eksport salohiyatini oshirish strategiyasi bo’yicha turkiyalik ekspertlar ishtirokida o’quv seminari o’z ishini boshladi. Bundan ko’zlangan maqsad – korxonalarning eksport salohiyatini oshirish, yangi bozorlarni kashf etish, eksport bilan shug’ullanuvchi mas’ul xodimlarning malakasini oshirishdan iboratdir.

Seminar Turkiyaning “Yamankoch Egitim Danismonlik LTD.STI” kompaniyasining eksportni rivojlantirish bo’yicha yuqori tajribaga ega mutaxassislari Yaman Koch va Majit Beshtavlar tomonidan olib borilmoqda. O’quv seminarining ilk kunida korxona vakillariga Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyaning eksport strategiyasi, xalqaro tajriba, sohaning eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va eksport qiluvchi mamlakatlar bozorlarini aniqlash uslublari to’g’risida ma’lumot berildi.

Ikki haftalik seminar davomida turkiyalik ekspertlar “O’zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga tashrif buyurib, ularning eksport muammolarini o’rganadilar hamda uni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va ko’rsatmalar ishlab chiqiladi. Seminar yakunida sohaning eksport salohiyatini rivojlantirish bo’yicha aniq strategiya ishlab chiqilishi belgilangan.