Uyushma yangiliklari

🕚 13-fevral 2020-y. 🚩 Turkiya Respublikasi, Istanbul shahri

Turkiya sanoat palatasi yangi takliflarni o’rtaga tashladi

Uyushma yangiliklari

🕚 13-fevral 2020-y. 🚩 Turkiya Respublikasi, Istanbul shahri

Ayni paytda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasida bo‘lib turibdi. Uchrashuv doirasida turkiyalik biznes hamkorlar bilan muzokaralar, yirik kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar, O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarida elektrotexnika sanoatini rivojlantirish istiqbollari qizg‘in muhokama qilinmoqda. Dastlabki uchrashuv Turkiya sanoat palatasida bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov O‘zbekistonda turkiyalik kompaniyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, xorijiy investorlarga yaratib berilayotgan qulay investitsiya muhiti, xususan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilangan huquqiy kafolatlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Uyushmaning boshqarma boshlig‘i I.Shukurov tomonidan turkiyalik tadbirkorlar hamkorligida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yangi istiqbolli loyihalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Tabiiyki, Turkiya sanoat palatasi, Istanbul sanoat uyushmasi a’zolari O‘zbekiston-Turkiya tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan yangi takliflarni qo‘llab-quvvatlagan holda, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan qator masalalarga o‘z e’tiborlarini qaratdilar.

Jumladan, Turkiya sanoat palatasi direktorlar kengashi a’zosi, metall sanoati savdosi bo‘yicha yirik korporatsiya asoschisi Bekir Yelken tomonidan elektrotexnika sanoati korxonalarini alohida yo‘nalishlar doirasida tizimlashtirgan holda, ular ishtirokida Turkiya-O‘zbekiston biznes vakillarining B2B formatdagi uchrashuvlarini muntazam tashkil etib borish taklifini bildirdi. Shuningdek, to‘qimachilik sanoatida qo‘llaniladigan tikuv mashinalariga ehtiyoj kattaligini inobatga olsak, ushbu yo‘nalishda ham ikki tomonlama qo‘shma korxonalarni tashkil etish zarurati borligini ta’kidladi.

Muloqot do‘stona va samimiy ruhda kechdi. Bundan ko‘zlangan maqsad yurtimizga turkiyalik investorlarni keng jalb etgan holda elektrotexnika sanoatini riovjlantirish yo‘nalishida yuqori natijalarga erishishdir. Uchrashuv yakunida Turkiya sanoat palatasi a’zolari yaqinda yurtimizda 5-6 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif qilindi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi