ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

To‘qimachilik korxonalari bilan kooperatsiya aloqalari kengaytiriladi

Uyushma yangiliklari

«O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov Namangan viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv chog‘ida “O‘zto’qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I. Haydarov bilan ventilyatsiya tizimlarini to’qimachilik sanoati korxonalariga yetkazib berish bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Muloqot aynan yirik ishlab chiqarish ob’ektlaridan biri hisoblangan “Ven-Con Air Engineering” xususiy korxonasida amalga oshirildi.

Nega ushbu ob’ekt imkoniyatlariga e’tibor qaratildi?

Ma’lumki, respublikamizda to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida havo almashtirish tizimi muhim hisoblanadi. Nafaqat Namangan viloyati, balki vodiyning o’zida ham to‘qimachilik sanoati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni deyarli ko‘p, demak ventilyatsiya tizimiga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham shunga yarasha. Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan “Ven-Con Air Engineering” xususiy korxonasi qariyb 25 yildan beri respblikadagi barcha sanoat korxonalariga havo almashtirish va aspiratsiya tizimi uchun jihoz va uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib keladi.

Mazkur korxonada nafaqat ishlab chiqarish, balki uni tayyorlashdan tortib, o‘rnatishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. Qariyb 3,88 Ga maydonni egallagan bu ishlab chiqarish korxonasi bugungi kunda 41 ta sanoat korxonalarining doimiy hamkori hisoblanadi. Ular orasida asosan to‘qimachilik sanoati korxonalari yetakchilik qiladi.

Ushbu talab va ehtiyojdan kelib chiqib, bu tizimda importni bir necha barobarga kamaytirish maqsadida ham “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I. Haydarov bilan elektrotexnika sanoati korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yangi bosqichga ko’tarish imkoniyatlari muhokama markazida bo‘ldi. Bozordagi talab o‘rganilgan, narx-navo masalasida ham muammolar yo‘q. Shartnomalar imzolanyapti. Ishlab chiqarish korxonalari esa bunga tayyor. Kooperatsiya aloqalarini kengaytirish yo‘nalishida davlat kafolatlari ham qonun bilan mustahkamlangan.

“Ven-Kon Air Engineering” korxonasida bugun o’qli ventilyatorlar (ventilyator osevoy), texnologik maxsus ventilyator, ya’ni changyutuvchi va momiqlarni tashuvchi, radial ventilyatorlar, past bosimli ventilyator, havo tozalovchi filtrlar, havoni namlash uskunalari – klimotsentr ishlab chiqarish barobarida metallga ishlov berish va presslash uskunalar parki ham mavjud.

Korxonada 2011-yilda O‘ZDst ISO 9001-2009 Xalqaro standart talablari asosida Sifat menejmenti tizimi (CMT) joriy etilgan va 2014, 2017-yillarda ressertifikatsiya – takroriy sertifikatlangan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini Dunyo standarti talablariga etkazish maksadida yangi zamonaviy texnologik uskunalar sotib olingan.

– Hozirgi paytda ventilyatsiya jihozlari va uskunalarini ishlab chiqarishda yarim avtomat va avtomatik tizimini yolga qo’yish maqsad kilib qo‘yilgan va bu borada ish olib borilmokda, – deydi korxona rahbari A.Xudoyberdiev. – Natijada sifatli va zamonaviy dizaynga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga erishiladi. Korxonamiz yiliga 2 400 tonna metalldan mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yuqori malakali mutaxassislarimiz tomonidan respublikaning 100 dan ortiq sanoat korxonalarida havo almashtirish va namlash tizimini tatbiq etishgan.

Ushbu korxona bilan to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarining kengayishi, mahalliylashtirish darajasini oshirish barobarida tannarxning tushishiga, raqobatbardosh mahsulotlari turining kengayishiga va ishlab chiqarish imkoniyatlari yanada ortiga olib keladi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi