ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

Tojikiston-O’zbekiston tadbirkorlari o’rtasida muzokara

Uyushma yangiliklari

Tojikiston-O'zbekiston

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tarkibida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi M.Yunusov boshchiligidagi uyushmaga a’zo korxonalar vakillari ham Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan B2B formatidagi uchrashuvlarda ishtirok etmoqdalar. Bundan ko‘zlangan maqsad – Tojikistonlik tadbirkorlar bilan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, eksport ko‘lamini oshirish, o‘zaro tovar ayirboshlash imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.

Xabaringiz bor, o‘tgan yili Tojikiston hukumati, “Avesto guruhi” va “Artel Engineering and Management” o‘rtasida Dushanbe shahrida maishiy texnika vositalari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Artel Avesto Elektroniks” korxonasini ishga tushirish bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolangan edi. Hozirda ushbu loyiha to‘liq quvvat bilan ishlamoqda. Hukumat komissiyasining yig‘ilishlari doirasida mazkur korxonaga tashrif kutilmoqda.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi