Uyushma yangiliklari

🕚 4-fevral 2020-y. 🚩 Toshkent shahri, “Toshkent mexanika zavodi” majmuasi

Korxonalarda importni kamaytirish choralari ko’rilmoqda

Uyushma yangiliklari

🕚 4-fevral 2020-y. 🚩 Toshkent shahri, “Toshkent mexanika zavodi” majmuasi

Korxonalarda importni kamaytirish

“Oʼzeltexsanoat” uyushmasi Toshkent metallurgiya zavodi bilan sanoat kooperatsiyasini yoʼlga qoʼyish boʼyicha amaliy hamkorlik uchrashuvini oʼtkazdi. Bundan koʼzlangan maqsad – uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalarning import koʼlamini kamaytirish, butlovchi qismlar va zarur xom-ashyolarni kooperatsiya yoʼli bilan yetkazib berish imkoniyatlarini koʼrib chiqishdir. Maishiy texnika vositalari va kuchlanish uskunalari uchun asosan metal prokat mahsulotlari koʼp qoʼllaniladi. Bu ehtiyot qismlar import asosida xorijdan keltiriladi. Oʼrganishlar shuni koʼrsatdiki, mazkur zarur ehtiyot qismlari Toshkent metullurgiya zavodi tomonidan ishlab chiqariladi.

Uchrashuvda “Oʼzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar uchun zarur boʼlgan metal prokat xom ashyosini ishlab chiqarish va kooperatsiya asosida yetkazib berish masalasi koʼrib chiqildi. Yangi zavod ishga tushgach, yurtimizdagi koʼpgina sanoat korxonalari uchun tayyor metal xom-ashyosini yetkazib berish bilan bogʼliq masalalarga yechim topiladi. Shu jumladan, uyushma korxonalari uchun ham bu keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Toshkent metallurgiya zavodi masʼul mutaxassislari bilan butlovchi qismlarning texnik talablari, parametrlari va ularning sifatlilik darajasi kabi masalalarda fikr almashildi. Uyushma korxonalari tomonidan import asosida olib kelinayotgan metal prokatlari roʼyxati va uni mahalliylashtirish asosida yetkazib berish talablari boʼyicha oʼzaro kelishuvlarga erishildi. Bu kabi sanoat kooperatsiya aloqalari boshqa korxonalar bilan ham davom ettirilmoqda.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi