ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 30-sentabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, “Texnopark” ishlab chiqarish majmuasi

Texnoparkdagi maishiy sovutgichlarning ilk partiyasini eksportga chiqarish boshlandi

Uyushma yangiliklari

🕚 30-sentabr 2020-yil 🚩 Toshkent shahri, “Texnopark” ishlab chiqarish majmuasi

Davlatimiz rahbarining 29-avgust kuni Toshkent Texnoparkka tashrifi chog‘ida maishiy sovutgichlar ishlab chiqarish zavodi foydalanishga topshirilgan edi. Mana oradan bir oy o‘tib, mahsulotlarning ilk partiyasi eksportga chiqarish uchun tayyor bo‘ldi.

Umumiy qiymati 61,5 million AQSh dollari bo‘lgan korxonada Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi o‘rnatilgan. Uskunalarni montaj qilish va loyihani ishga tushirishga ham koreyalik mutaxassislar jalb qilingan.

maishiy sovutgichlar

Ma’lumki, mamlakatda shu paytgacha ham sovutgichlar ishlab chiqarilardi. Farqi shundaki, bu korxonaniki yuqori texnologik, yangi avlod mahsulotidir. Shunga yarasha ularning sifati yuqori, sig‘imi ham katta. Korxonada ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgani natijasida har 19 sekundda bitta mahsulot tayyorlash mumkin. Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bu sovutgichlarning 30 foizini eksport qilish ko‘zda tutilgan. Bu yerda 1500 ta ish o‘rni yaratilgan.

Bugun zamonaviy sovutgichlarning eksportga mo‘ljallangan ilk partiyasiga start berildi. Tantanali marosimda korxona jamoasi va koreyalik mutaxassislar ishtirok etib, endilikda mazkur sovutgichlar O‘zbekiston orqali “Samsung” brendi ostida xalqaro bozorlarga chiqariladi. Dastlabki buyurtma Rossiya bozorlariga kirib boradi. Yil oxirigacha yana 30 ming dona sovutgichlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Mazkur texnopark 2019-yil avgustda tashkil etilgan. Bu yerda 2020-2021 yillarda 15 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Barcha loyihalar bajarilgandan keyin jami ishlab chiqarish hajmi yiliga 800 million AQSh dollari bo‘lishi mo‘ljallangan.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi