ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 23-oktabr 2019 y. 🚩 Toshkent shahri, Toshkent Davlat texnika universiteti

Universitet hududida quyosh panellari o‘rnatildi

Uyushma yangiliklari

🕚 23-oktabr 2019 y. 🚩 Toshkent shahri, Toshkent Davlat texnika universiteti

quyosh panellari o‘rnatildi

“Made in Uzbekistan” Xalqaro ko‘rgazma doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “CHINT Electric” O‘zbek-Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan xayrli bir ishga qo‘l urildi. Kompaniyaning homiylik ko‘magi asosida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hududiga 10 kVa/soat quvvatiga ega 40 ta quyosh panellari olib kelib o‘rnatildi.

Bundan tashqari, universitetning Energetika fakulteti talabalari va o‘qituvchilari uchun “Elektr uskunalarini tekshirish va nazorat qilishni innovatsion boshqarish o‘quv-laboratoriya xonasi” ham to‘liq jihozlab berildi. Bu yerda talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va ixtirolarini sinovdan o‘tkazish, elekr uskunalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa elektrotexnika sanoati sohasida kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yaxshilanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ta’kidlash o‘rinliki, mamlakatimizda energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, mavjud resurslar va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-sonli qarori ijrosi misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi