ONLAYN SAVDO MAYDONI                                                     KORXONALAR UCHUN PORTAL →

Uyushma yangiliklari

🕚 19-sentyabr 2020-yil 🚩 Dushanbe shahri, "Talco cable" korxonasi

Tojikistonning «Talco Cable» korxonasi hamkorlik rejalari ko’rib chiqildi

Uyushma yangiliklari

🕚 19-sentyabr 2020-yil 🚩 Dushanbe shahri, "Talco cable" korxonasi

Talco Cable

Xabaringiz bor, ayni paytda O‘zbekiston Hukumati delegatsiyasi Tojikiston Respublikasida bo‘lib turibdi. Hukumat delegatsiyasi tarkibida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi M.Yunusov boshchiligida uyushmaga a’zo korxonalar vakillari ham ko‘pgina sanoat korxonalariga tashrif buyurib, hamkorlik rejalarini muhokama qilmoqda.

Jumladan, uyushma a’zolari Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi boshqaruv raisi M. Yunusov va «Talco cable» korxonasi direktor o‘rinbosari G. Sharipov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida Talco cable korxonasi ishlab chiqarish kompleksi va mahsulotlari bilan tanishib chiqildi.

“Noqili Talco” MChJ korxonasi 2011 yilda tashkil topgan bo‘lib, «Talko Management Ltd» YoAJ ning (yirik alyumin xom ashyosi ishlab chiqaruvchi korxona) investitsion loyihalaridan biri sanaladi. Korxona tomonidan 35 mm2 dan 600mm2 qalinlikdagi 40 dan ortiq turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona mahsulotlari 90% alyumin va 10% mis xom ashyosidan tayyorlanadi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati – 10 ming tonnaga teng. Korxonada Italiyaning “MAILLEFER Extrusion” va “SICTRA SRL” ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatilgan.

Korxona vakillariga O‘zbekistondagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. O‘z navbatida ikki tomonlama hamkorlik borasida muzokaralar olib borildi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi