Biznesingizni biz bilan birgalikda rivojlantiring!   Uyushmaga a'zo bo'ling →

Uyushma yangiliklari

🕚 29-yanvar 2020-y. 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

«O’zeltexsanoat» uyushmasida Soliq kodeksining yangi tahririga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi

Uyushma yangiliklari

🕚 29-yanvar 2020-y. 🚩 Toshkent shahri, “O'zeltexsanoat” uyushmasi majlislar zali

Soliq kodeksiga bag'ishlangan

2019-yil 9-dekabrda yangi byudjet tizimini amalga oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining «2020-yil uchun davlat byudjeti to’g’risida»gi qonuni qabul qilindi. Shuningdek 2019-yil 30-dekabrda «O’zbekiston Respublikasining 2020-yilgi Davlat byudjeti to’g’risidagi Qonunining ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Yuqoridagi hujjatlardan kelib chiqib, «O’zeltexsanoat» uyushmasiga a’zo korxonalar uchun Yangi soliq kodeksi bo’yicha tushuntirish ishlarini olib borish uchun «Yo’l xaritasi» tuzib chiqildi. Ushbu «Yo’l xaritasi»ga muvofiq joriy yilning 29-yanvar kuni Uyushma xodimlari, a’zo korxonalar iqtisodchilari va Davlat soliq qo’mitasining vakillari ishtirokida seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda soliq sohasi mutaxasisslaridan Yangi soliq kodeksiga o’zgarishlar va takomillashgan hisobot formalari to’g’risida ma’lumot berildi. Sanoat korxonalari buxgalter va iqtisodchilari tomonidan berilgan savollarga Davlat soliq qo’mitasi xodimlari amaliy misollar bilan javob berishdi.

Davlat ramzlari:

Davlat gerbi

Davlat gerbi


Davlat bayrog'i

Davlat bayrog'i


Davlat madhiyasi

Davlat madhiyasi